




❇️15-Aprel «Madaniyat va san’at xodimlari kuni» munosabati bilan Buxoro viloyatida katta bayram tadbiri tashkil etildi.
Ushbu bayram tadbirida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ham ishtirok etib, yil davomida qilgan mehnatlari inobatga olinib teatrning bir necha xodimlari Buxoro Viloyat Hokimligi va viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
✅Bugungi kun teatr jamoasi uchun juda quvonarli va yutuqlarga boy bo‘ldi, zero kun avvalida Toshkent shahrida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida Teatrning oliy toifali aktrisasi va mahoratli rejissyori Munojot Ergasheva vazirlik tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandilar.
Bugungi muvaffaqiyatlar va bayram bilan Teatrning barcha xodimlarini qutlab, ijodiy parvozlar tilab qolamiz.