“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi PQ–222-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 372-son buyrugʻiasosida Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatrida 2025-yilning 1-sentyabr sanasida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Mazkur tadbirda 2022-yilda Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida Haytmat Rasul tomonidan inssenirovka qilinib, Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist Shamurat Yusupov tomonidan tarixiy, Vatanparvarlik ruhida sahnalashtirilgan “Farhod jasorati” spektakli 2 seans (11:00 hamda 12:00)da tomoshabinlarga namoyish etildi. Ushbu namoyishda jami 512 nafar (1-seansda 10 nafar pullik, 246 nafar bepul, 2-seansda 256 nafar bepul) tomoshabin ishtirok etdi.



