2024-yilning 20-noyabr sanasida Buxoro viloyati qo’g’irchoq teatrida «9-dekabr Korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan » davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida Buxoro viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi hamda Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi yurist konsulti Hayotov Alisher Doniyorovich, Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo’yicha bosh mutaxassis Mirshod Istamov ishtirok etib Korrupsiya va uning oqibatlari xususida bir qator tushunchalar berib o’tishdi. Davra suhbati davomida Korrupsiya, yurtimizda qilinayotgan o’zgarishlar, yangilangan Konstitusiya hamda qaror va farmonlar to’g’risida fikrlar almashildi. Mana shunday uchrashuvlar jamiyatda inson haq huquqlarini yanada chuqurroq o’rganishi va hayotida tatbiq etishi uchun tag zamin yaratishiga aminmiz.


