
1-aprel kuni Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri jamoasi o’zining esda qolarli qo’g’irchoqlari va ertak qahramonlari bilan Ark qoʻrgʻonidan boshlangan “Afandi bilan qadam tashla” marafonida qatnashib yosh tomoshabinlarning kayfiyatini yanada ko’tardi.
Shundan so’ng Labi Hovuz majmuasida bo’lib o’tgan Buxoro viloyat Madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturida o’zining yodda qolarli chiqishlari bilan qatnashgani bayramga tashrif buyurgan yosh bolalarning hattoki ularning ota-onalari, bobo-buvilarining ham kayfiyatini yanada ko’tarilishiga sabab bo’ldi
Xalqimizni xushnud etish maqsadida Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri uchun ajratilgan sahnadagi namoyishlar shahrimiz mehmonlari va aholini yanada mamnun etdi












