BUXORO VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI 41 YOSHDA - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

BUXORO VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI 41 YOSHDA

✅Bugun Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrida 41-mavsum ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Viloyatning barcha ustoz san’atkorlari, Teatr sohasi va OAV vakillari ishtirok etishdi. Bolajonlar va barcha mehmonlar karnay surnay sadolari ostida teatrga kirib keldilar.

So‘zga chiqgan O’zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon, Teatr direktori Y.Genjayev va Teatrning ustoz san’atkorlari barchani tabriklab, teatr jamoasiga yangi mavsumda omadlar tilashdi.

Teatr jamoasi yangi mavsumni 2023 yil 3 chorakda sahnalashtirilgan «Jo’jachalar bog’chasi» (rejissyor: P. Imomnazarov) spektakli bilan boshlashdi.

Yangi spektakl kattayu kichik tomoshabinlar qalbiga olam-olam quvonch ulashdi. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasini 41-mavsum ochilishi bilan muborakbod etib, ijodkorlarga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ochilish marosimi viloyat teleradiokompaniyasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa