✨️Hurmatli Yo’ldosh Hakimovich sizni, bugungi qutlug’ ayyom, tug’ilgan kuningiz bilan Buxoroning barcha san’at va madaniyat xodimlari, shogirdlar va Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, farzandlar baxti-yu, shogirdlar kamolini ko’rishingizni tilab qolamiz. Vatanimiz madaniyatini, teatr sohasini rivojlanishida olib borayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo’lsin.
✨️Oilangiz, shogirdlaringiz, qadrdonlaringiz baxtiga doimo omon bo’ling.
🎁Yuksak hurmat va ehtirom ila Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri jamoasi.