Ikki davlat qo’g’irchoq teatrlarining do’stona aloqalarini mustahkamlash maqsadida 20-noyabr kuni Qozog’iston Respublikasi Shimkent shahar qo’g’irchoq teatrining ijodiy jamoasi Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrida tantanali ravishda kutib olingan edi.
✅️Shimkent shahar qo’g’irchoq teatri 20-noyabr kunidan 24-noyabr kunigacha «КОЛОСОК” va “Unutilgan tug’ilgan kun” nomli spektakllari bilan Buxorolik, Vobkentlik va Qorovulbozorlik bolajonlarni xursand qilib ularning ko’nglidan joy oldi.
✅24-noyabr kuni mehmonlarning gastrol safari muvaffaqiyatli yakunlanib Viloyat Madaniyat Boshqarmasi va Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri tomonidan Tashakkurnoma topshirildi.

