7-8-Fevral kunlari Buxoro qo’g’irchoq teatrining ijodiy jamoasi tomonidan O’zbek milliy qo’g’irchoq teatri sahnasida, buyuk bobokalonimiz Hazrat mir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida sahnalashtirilgan “Farhod jasorati” nomli spektakliga barchangizni taklif etamiz. Ko’plab teatr ixlosmandlari hamda Oliygoh talabalarining ko’nglidan chuqur joy egallashga ulgurgan ushbu spektakl Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlanadi.
