Bugun 16-Mart kuni Respublikamizning barcha hududlarida umumxalq hashari o’tkazildi. Ushbu xayrli ishda Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri jamoasi ham faol ishtirok etishdi. Hashar davomida Teatr atroflari tozalanib, hududdagi manzarali va mevali daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Teatrning barcha xonalari tozalanib, derazalar artildi. Bugun bo’lib o’tgan umumxalq hasharda Teatrning barcha xodimlari hamjihatlik bilan qatnashishdi.





