Buxoro viloyati qo’g’irchoq teatri oliy toifali aktrisasi Munojot Ergasheva “27-mart Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan, qo’g’irchoq teatri san’atini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Munojot Ergasheva bir necha yillar davomida Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri sahnasida qiziqarli, xalqaro festivallarda ishtirok etgan va bolajonlarni tarbiyaga chorlovchi ko’plab spektakllar sahnalashtirib ijodiy jamoaning mehrini qozongan. “Yulduzlar nur sochganda”, “Makkora tabib”, “Nonni bosgan qiz”, “Jinchiroqning sarguzashtlari” va h.k spektakllar shular jumlasidandir



