YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2024-yil repertuar rejasining III choragidan o‘rin olgan, Davlat buyurtmasi asosida O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, rejissor Shamurat Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan “Qari bilganni pari bilmas” nomli yangi spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga topshirildi.

Shohida Tursunova hamda Shamurat Yusupov hammuallifligida yozilgan ushbu sahna asari nafaqat kichik yoshdagi bolajonlar, balki katta yoshdagi tomoshabin uchun ham har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladigan voqealar aks etgani badiiy kengash a’zolari tomonidan alohida e’tirof etildi va tomoshabinlarga ko’rsatish uchun ruxsat berildi.

Tez kunda namoyish etiladigan spektakl premyerasiga barchani chorlab qolamiz

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa