YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2024-yil repertuar rejasining IV choragidan o‘rin olgan Teatr bosh rejissori Pirnazar Imomnazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Ur, to‘qmoq” nomli yangi spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga namoyish etildi.

✅O‘zbek xalq ertagi asosida yaratilgan ushbu sahna asari nafaqat kichik yoshdagi bolajonlar, balki katta yoshdagi tomoshabin uchun ham har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladigan voqealar aks etgani badiiy kengash a’zolari ya’ni Teatr va sirk san’ati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh
mutaxassisi Farhod Elmurodov hamda O‘zbekiston Тeatr arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos Toxir Do’stmuxamedov tomonidan alohida e’tirof etildi va tomoshabinlarga ko’rsatish uchun ruxsat berildi.

Tez kunda namoyish etiladigan spektakl premyerasiga barchani chorlab qolamiz

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa