O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori 1.6.-ilova 15-bandiga asosan Navoiy viloyatiga Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatrining gastrol safarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi 2024-yilning 10-dekabridan 15-dekabriga qadar Navoiy viloyatida “Makkora tabib” spektakli hamda Qorbobo va Qorqiz ichtirokidagi shou dasturlari bilan gastrol safarini uyushtirmoqda.
Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri matbuot xizmati





