Ayol borki, olam munavvar! - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

Ayol borki, olam munavvar!

Yangilanish faslining nafosat bayrami “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi. 

Shu munosabat bilan Buxoro viloyati Qo‘g‘irchoq teatrining erkaklar jamoasi teatr foyesini bayramona bezatishdi. Sovg‘a sifatida olib kelingan gullarning ifori, mayin ovozda yangrayotgan kuy bu kunga haqiqiy bayram shukuhini berdi.

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bosh rejissori Pirnazar Imomnazarov xotin-qizlarning jamoadagi mavqei, teatr rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi va jamoadagi ayollarni “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy tabrikladi.

So’ng, teatrning erkaklar jamoasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar ayollarga tantanali topshirildi.

Telegram (https://t.me/buxarskiykukolniyteatr) || Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1jzyibl5n5luo&utm_content=r7je0jg) || Bvqt.uz

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa