26-27- Aprel kunlari mahorat darslari tashkil etildi. - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

26-27- Aprel kunlari mahorat darslari tashkil etildi.

2025-yilning 26-aprel kuni  O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sh.Yusupov tomonidan “Frontga  xat” spektakli sahnalashtirilib, ushbu spektaklning premyerasi  o‘tkazildi. Premyeradan so‘ng sohadagi izlanishlar, va yangiliklarni amaliyotga kengroq  joriy etish hamda ustoz-shogird an’anasini davom ettirgan holda  26-27-aprel kunlari teatrlarning bosh rejissyorlari, bosh rassomlar va sahnalashtiruvchi rejissyorlari taklif etilib, mahorat darslari o‘tkazildi. Bugungi globallashuv va ijtimoiy tarmoqlarning inson hayotidagi ahamiyati oshib borayotgan bir paytda, yosh tomoshabinlarni turli virtual o‘yinlardan uzoqlashtirib, jonli va professional san’atga qiziqtirish uchun sohada yangicha izlanishlar, topilmalar, kreativ yondashuvlar talab etiladi. Mahorat darslari davomida mana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu darslarda Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori P.Imomnazarov, teatr oliy toifali aktyori A.Toshpo’latovlar ham ishtirok etishdi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa