Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi 2025-yilning 8-18- aprel kunlari Buxoro viloyati Kogon shahridagi DMTT tarbiyalanuvhcilariga hamda o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchilariga “Makkora tabib”, “Qaysar quyoncha”, “Bulbuligo‘yo”, “No‘xat bola” singari spektaklarini namoyish etib, jajji tomoshabinlar qalbiga olam-olam quvonch ulashishdi.




