1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi..
Viloyat bolalar qo‘g‘irchoq teatrida tarmoq kasaba uyushmalari tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning – baxtiyor bolalari!” shiori ostida bayram tuhfasi tashkil etildi. Teatr tomoshasida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning farzandlari uchun teatr ijodkorlari tomonidan “Qaysar quyoncha” nomli spektakl namoyish etildi.
Teatr tomoshasi davomida sahna qahramonlarining har bir qiziqarli chiqishlari bolajonlarga juda qiziqarli va olam-olam quvonch baxsh etdi.





