YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil repertuar rejasining 2-choragidan o‘rin olgan, teatr bosh rejissori Pirnazar Imomnazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Hurishni eplolmagan kuchukcha” nomli yangi spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga namoyish etildi.

✅ Jani Rodari hikoyasi, Munojot Ergasheva inssenirovkasi asosidagi ushbu sahna asari kichik yoshdagi bolajonlar, katta yoshdagi tomoshabin uchun ham har tomonlama tarbiyaviy va o‘yinqaroqlik ahamiyatga ega bo’ladigan voqealar aks etgani, shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatr, sirk san’ati va kino sohasini rivojlantirish bo‘limi xodimi Saida Dadamirzayeva hamda O‘zbekiston davlat San’at va Madaniyat instituti qo‘g‘irchoq teatri san’ati kafedrasi dotsenti A’zamjon Abduhalilov tomonidan alohida e’tirof etildi va tomoshabinlarga ko’rsatish uchun ruxsat berildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa