Oʻquvchi-yoshlarni yozgi taʻtil davrini maroqli oʻtkazishlarini taʻminlash maqsadida eʻlon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan joriy yilning 18-iyun kuni soat 10:00 da Navoiy viloyati “Tabassum” yozgi sogʻlomlashtirish oromgohi 1-mavsum qatnashuvchilarining 80-nafari uchun Selma Lagerlyof asari asosida Hotam Axunov tomonidan sahnalashtirilgan “Doʻstlik» spektakli namoyish etildi.




