Bolajonlar yozgi ta’tilga chiqishi munosabati bilan Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri Navoiy viloyatidagi bolalar oromgohlarida shou dasturlarini namoyish etib bolajonlarni xursand etmoqda.
Navoiy viloyatidagi Shabboda Oromgohida ta’tilni maroq bilan o’tkazayotgan 340 nafar bolajonlar ushbu shou dasturlarni ko’tarinkilik bilan qabul qilmoqda.







