O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori 1.14.-ilovasi 7-bandiga asosan Toshkent shahriga Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatrining gastrol safarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
✅ 2025-yil 3-oktabr kuni Buxoro viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Toshkent shahri Chilonzor tumani 184-sonli umumta’lim maktabida 320 nafar boshlang’ich sinf o’quvchilariga «Qaysar quyoncha» nomli spektaklini
xayriya tarzida nomoyish etishdi.






