O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-406-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatri joriy yilning 3-4 mart kunlari Buxoro viloyatiga gastrol safari uyushtirdi. Mazkur gastrol safari davomida o‘zining “Jasurbekning hiylasi” nomli betakror, quvnoq spektakli hamda unutilmas chiqishlari bilan Buxorolik bolajonlarni xursand qilib, xush kayfiyat ulashganligi uchun Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.







