7-Fevral kuni Buxoro qo’g’irchoq teatrining ijodiy jamoasi tomonidan O’zbek milliy qo’g’irchoq teatri sahnasida, buyuk bobokalonimiz Hazrat mir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida sahnalashtirilgan “Farhod jasorati” nomli spektakli namoyish etildi.
Ko’plab teatr ixlosmandlari hamda Oliygoh talabalarining ko’nglidan chuqur joy egallashga ulgurgan ushbu spektakl Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlanadi.
Eslatib o’tamiz spektakl namoyishi ertaga 8-fevral kuni ham bo’lib o’tadi. Barchangizni taklif etamiz!




