BUXORO VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI 43 YOSHDA - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

BUXORO VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI 43 YOSHDA

Bugun Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrida 43-mavsum ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2025-yilning 10-sentabr kuni Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrining 43-mavsum ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vohidjon Niyozov, Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Lazizjon Hodiyev, Buxoro TV muxbiri Sunnatjon Choriyevlar ishtirok etishdi. Teatr jamoasi yangi mavsumni 2025-yil repertuar rejasining II choragidan o‘rin olgan Janni Rodari ertagi asosida Munojot Ergasheva innsenirovkasi, teatr bosh rejissyori Pirnazar Imomnazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Hurishni eplolmagan kuchukcha” nomli spektakl namoyishi bilan boshlashdi. Mazkur namoyishga Buxoro shahrida joylashgan 68-son DMTT, “Rastishka” xususiy MTT tarbiyalanuvchilari hamda “Abu Hafs” xususiy maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa