Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri tashabbusi bilan so‘z mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan, joriy yilning 3,4,5-fevral kunlari Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida Hayitmat Rasul inssenirovkasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shamurat Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan “Farhod jasorati” spektakli bilan Namangan viloyatiga gastrol safari uyushtirildi
Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri Namangan viloyatiga uyushtirgan gastrol safarining 1-kunida Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ko’tarinki kayfiyatda kutib oldi. Nafaqat bolajonlar balki yoshi katta tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan «Farhod jasorati» nomli spektaklini Oliygoh talabalari va yuqori sinf o‘quvchilariga namoyish etdi.
Gastrol safari davom etmoqda…




