O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-300-sonli qarori hamda 2023-yil 25-dekabrdagi “Aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-406-sonli qarorida davlat teatrlarining xalqaro gastrol va festivallarda ishtirok etishi belgilangan.
Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahar bolalar va o‘smirlar “DRAMA-ART” teatri taklif xatiga asosan Buxoro viloyati qoʻgʻirchoqteatri ijodiy jamoasi 2024-yil 25-29-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatiga gastrol safari uyushtirdi. Teatr ijodiy jamoasi 2024-yilning 25-29-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Sayram, Qorabuloq tumanlaridagi hamda Chimkent shahridagi DMTT tarbiyalanuvchilariga, o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchilariga teatr oliy toifali aktrisasi, rejissor Munojot Ergasheva tomonidan sahnalashtirilgan “Makkora tabib” spektakli va shou-dasturlari namoyish etishdi.
Teatr yangiliklaridan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling


