O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori 1.6.-ilova 15-bandiga asosan Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri Samarqand viloyatiga gastrol safarini amalga oshirdi.
✅ Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati qo’g’irchoq teatri joriy yilning 2-may kuni birinchi navbatda Samarqand shahridagi MTMda, undan keyin Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri sahnasida «Quvnoq oila» nomli spektaklini Samarqand shahar “Ko‘zi ojizlar” bo’linmasidagi bolajonlar uchun namoyish etdi. Tomoshalar umumiy 3 seansdan iborat bo‘lib, 589 nafar bolajonlarga xizmat ko‘rsatildi.
✅Fursatdan foydalanib jamoamizni ko‘taringki ruhda, ssenariylashtirilgan dasturlar va ertak qahramonlari ishtirokidagi chiqishlar bilan kutib olgan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga minnatdorligimizni bildiramiz.









