Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri jamoasi 2024- yilning 6,7,8,9 — fevral kunlari O’zbek Milliy qo’g’irchoq teatrida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583- yilligi munosabati bilan Haytmat Rasul inssenirovkasi asosida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shamurat Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan «Farhod jasorati» spektaklini namoyish etib, Toshkentlik tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egallab ularning e’tibori va e’tirofiga sazovor bo’lishdi.
8-Fevral kuni Buxoro qo’g’irchoq teatrining ijodiy jamoasi O’zbekiston MTRKning jonli efirda namoyish etiladigan “Assalom O’zbekiston” tongi dasturida mehmon sifatida ishtirok etishdi.




