1-sentabr «Ochiq eshiklar» kuni o’tkazildi
Joriy yilning 1-sentabr kuni davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi. «Ochiq eshiklar» kunigq tashrif buyurgan 250dan ortiq bolajonlarga teatrning yangi, quvnoq spektakllaridan biri bo’lgan «Jo’jachalar bog’chasi» nomli spektakli premyera sifatida namoyish etildi. Spektakldan so’ng teatr ijodkorlari bilan jonli muloqot o’tkazilib bolajonlardan vatanni madh etuvchi she’rlar so’raldi.