Архивы Yangiliklar - Страница 10 из 24 - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

Yangiliklar

YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI

Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrining 2024-yil repertuar rejasi 2-choragidan o’rin olgan, O‘zbek xalq ertagi asosida rejissor Munojot Ergasheva tomonidan sahnalashtirilgan “Bulbuligo‘yo” nomli spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga topshirildi. Taqdimotga tashrif buyurgan mutaxasislar tomonidan sahna asarining ba’zi juz’iy kamchiliklariga qo’shimchalar kiritish kerakligi taklif etildi va shu kamchiliklar bartaraf qilingandan so’ng tomoshabinlarga ko’rsatish …

YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI Читать далее »

YUK MASHINASI BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 112-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatriga yuk mashinasi topshirildi 🔅Teatr yangiliklaridan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling

30-IYUN YOSHLAR KUNI

Vatanimiz kelajagi bo‘lgan qadrli yoshlar bugungi bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Yurtimiz istiqboli hamda buyuk kelajagi uchun bilim va tajribalaringizni oshirishdan hech vaqt charchamang. Zero yurtimizning buyuk ravnaqi aynan siz yoshlarning qo‘lingizda Hurmat bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri direktoriYo‘ldosh Genjayev

SAMARQAND VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI BUXORO SHAHRIDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 25-dekabrdagi «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida » PQ-406-son qaroriga muvofiq Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Buxoroda o’z tomoshalarini namoyish etdi ✅️Buxorolik bolajonlarni xursand qilish maqsadida 27-iyun kuni Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shaodat Usmonova rejissorligi ostida sahnalashtirilgan “Matonatli yurak” nomli spektakli bilan …

SAMARQAND VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI BUXORO SHAHRIDA Читать далее »

BUXORO VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI TUMAN MADANIYAT MARKAZLARIDA

Bolajonlar yozgi ta’tilga chiqishi munosabati bilan Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri Buxoro tuman Madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda tumandagi Madaniyat markazlari sahnasida mahalliy aholi uchun kechki shou dasturlarini namoyish etib bolajonlarni xursand etmoqda. ✅Ta’tilni maroq bilan o’tkazayotgan bolajonlar ushbu shou dasturlarni ko’tarinkilik bilan qabul qilmoqda

Aloqa