Oʻquvchi-yoshlarni yozgi taʻtil davrini maroqli oʻtkazishlarini taʻminlash maqsadida eʻlon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan joriy yilning 17-iyun kuni soat 20:00 da Navoiy viloyati “Oftobjon” yozgi sogʻlomlashtirish oromgohi 1-mavsum qatnashuvchilarining 300-nafari uchun Selma Lagerlyof asari asosida Hotam Axunov tomonidan sahnalashtirilgan “Doʻstlik» spektakli namoyish etildi.







