Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy etilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Vobkent tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan navbatdagi madaniy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Madaniyat bo‘limi xonandasi Nusratillo To‘rayev tomonidan “Istiqlol” MFY hududida joylashgan 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ochiq maydonida mahalla aholisi va yoshlar uchun konsert dasturi taqdim etildi.
Tadbirga Buxoro viloyat Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ham taklif etilib, sahna ko‘rinishlari orqali tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.



