Maʼlumki, joriy yilning 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti boʻlib oʻtadi. - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

Maʼlumki, joriy yilning 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti boʻlib oʻtadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan  mazkur sammit ishida qatnashish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bugun, 2-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamrohligida Buxoroga keldi.
📍Tashrif dasturiga muvofiq Yevropa kengashi Prezidenti Buxoroning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishadi, qadamjolarni ziyorat qiladi.

📍Shuningdek, Yevropa kengashi Prezidenti Labi Hovuz ansamblida ham bo‘ldi. Ansambl kompozisiyasi, bu yerdagi sayyohlar bilan jo‘shqin manzara Antoniu Koshtaning hayratini yanada oshirdi. Ayniqsa, viloyat qo’g’irchoq teatri tomonidan namoyish etilgan qo‘g‘irchoqlar raqsi, unda katta taassurot qoldirdi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa