O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 25-dekabrdagi «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» PQ-406-son qaroriga muvofiq Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi
✅️Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri joriy yilning 8-oktabr sanasida «Karvonsaroy» spektakli bilan Buxoro viloyatiga tashabbusli gastrol safari uyushtirdi. Mazkur gastrol safari davomida o‘zining betakror, milliy spektakli hamda unutilmas chiqishlari bilan Buxorolik bolajonlarni xursand qilib, xush kayfiyat ulashdi.









