Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri Qozog‘iston Respublikasi, Astana shahrida bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro “Quralay” qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida ishtirok etdi.
🌟 Teatrimiz ushbu nufuzli festivalda “Qaysar quyoncha” nomli spektakli bilan qatnashib, “Eng yaxshi bolalar spektakli” nominatsiyasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!
🏅 Bu g‘alaba — yosh tomoshabinlarimizga mehr bilan xizmat qilayotgan jamoamiz mehnatining e’tirofidir.


