Rahbariyat - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

Buxoro davlat qo‘g‘irchoq
teatri direktori

Husenova Gulnora Badalovna

Husenova Gulnora Badalovna

2025 yil 5 fevraldan:

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori

Tug‘ilgan yili: 04.04.1966

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Jondor tumani

Millati: o‘zbek

Partiyaviyligi: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

Ma’lumoti: oliy

Tamomlagan:

1987 y. Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (kunduzgi)

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: drama teatri va kino aktyori

Ilmiy darajasi: yo‘q

Ilmiy unvoni: yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi: rus tili

Harbiy (maxsus) unvoni: yo‘q

Davlat mukofotlari va mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo‘q

Idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

• 2012 y. “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni

• 2017 y. “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni

• 2020 y. “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni

• 2025 y. “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni

Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim): yo‘q

Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Bosh rejissori

Imomnazarov Pirnazar Shonazarovich

P.Imomnazarov 2014- yil yanvar oyidan boshlab Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatriga aktyor vazifasiga ishga qabul qilindi. O‘zining xushmuomalaligi bilan tezda jamoa mehrini qozondi. Spektakllar va konsert dasturlari boshlovchisi sifatida ko‘zga tashlandi. U izlanuvchan, mehnatkash, tartib-intizomga qat`iy rioya qiladi

U Q.Rustamovning “Arg‘uvon” asarida Olov, Ye.Chepoveskiyning “Ayiqvoyning g‘urralari”da Ayiq polvon, “Gʻolib” da Sher, ”Zarrin qor”da Qorbobo, “Shiroq afsonasi”da Rustak, Doroning Vaziri, “Quvnoq ayiqchalar”da Bobo ayiq, “12 oy”da Dekabr, yanvar, Qorbobo, Zobit, “Zolushka yangi yil bizmida” Qorbobo, “Mangu jasorat”da Jaloliddin, Chingizxon rollarini maromiga yetkazib ijro etib tomoshabinlar e`tirofiga sazovor bo‘ldi.


P.Imomnazarov 2014 -yil O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining “Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi va rejissyorligi san’ati” yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirib, sertifikatga ega bo‘ldi.
P.Imomnazarov 2015- yil 1-iyuldan Shveysariya hamkorlik byurosi tomonidan viloyat teatrlari ijodiy faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida taklif etilgan “ Ustoz-shogird ” o‘quv-tayyorlov loyihasida ishtirok etib, malakasini yanada oshirdi.
P.Imomnazarov 2016 -yil 1-martdan Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrida truppa rahbari , 2018 yil 1-fevraldan esa direktor o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.
2018- yil 1-noyabrdan teatr direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
21-27-mart-“Teatr tomoshalar haftaligi” qo‘g‘irchoq teatrida keng miqyosda o‘tkazilganligi munosabati bilan P.Imomnazarov Viloyat Madaniyat boshqarmasining “Tashakkurnoma” si bilan taqdirlandi.


P.Imomnazarov 2022-yil davlat buyutrmasi asosida Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri IV choragidan o`rin olgan , A.Navoiyning ,,Farhod va Shirin ‘’dostoni asosida X.Rasulning insenirovkasi bo`lgan , O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist ,rejissor Sh.Yusupov tomonidan sahnlashtirilgan ,,Farhod jasorati’’ spektaklida donishmand- Suqrot, o`zga yurt podshosi –Xusrav hamda Farhodning Yamanlik do`sti — Shopur kabi bosh qahramonlarni jonlantirib tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi. 2023-yilning aprelida teatr bosh rejissori lavozimiga ko`ratilgan P.Imomnazarov — oilali, 2 nafar farzandning otasi. Farzandlarini yurtga munosib, qilib tarbiyalamoqda. O‘zining samarali mehnati, ijodiy faoliyati, tajribali malakasi bilan kasbdoshlari orasida hurmat va e`tibor qozongan.

Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Bosh ma’muri

Zulxumor Boboqulova Xalikovna

Zulxumor Boboqulova 1960-yil 25-oktabr kuni Buxoro shahrida tavallud topgan. 2011-yildan buyon Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrida bosh ma’mur lavozimida xizmat ko’rsatib keladi. Shu kunga qadar gastrol va sahnada spektakllarga tomoshabinlar kelishini tashkillashtirib kelmoqda

Bizning manzil

Aloqa