O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 25-dekabrdagi «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida » PQ-406-son qaroriga muvofiq Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Buxoroda o’z tomoshalarini namoyish etdi
✅️Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatri joriy yilning 12-sentabr sanasida «Kachal polvon» spektakli bilan Buxoro viloyatiga gastrol safari uyushtirdi. Mazkur gastrol safari davomida o‘zining betakror, quvnoq spektakli hamda unutilmas chiqishlari bilan Buxorolik bolajonlarni xursand qilib, xush kayfiyat ulashdi.






