Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyati qo’g’irchoq teatri oliy toifali aktrisasi Munojot Ergasheva 2024-yil davomida xalqimizning boy milliy-madaniy merosini asrab-avaylash, ravnaq topshirish va kelajak avlodga yetkazish, yuksak g’oyaviy-badiiy saviyaga ega asarlar yaratish, sohada faol ijodkorlik muhitini shakllantirish, madaniyat tizimini rivojlantirishdagi munosib xizmatlari hamda «Yangi yil» bayrami munosabati bilan
«Yilning eng yaxshi aktrisasi»
nominatsiyasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Munojot Ergasheva bir necha yillar davomida Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatri sahnasida qiziqarli, xalqaro festivallarda ishtirok etgan va bolajonlarni tarbiyaga chorlovchi ko’plab spektakllar sahnalashtirib ijodiy jamoaning mehrini qozongan. “Yulduzlar nur sochganda”, “Makkora tabib”, “Nonni bosgan qiz”, “Jinchiroqning sarguzashtlari” va h.k spektakllar shular jumlasidandir
Teatr yangiliklaridan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling