23-OKTABR SOAT 14:00da Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2024-yil repertuar rejasining III choragidan o‘rin olgan, Davlat buyurtmasi asosida O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shamurat Yusupov hamda Shohida Tursunova hammuallifligida yozilgan, rejissor Shamurat Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan “Qari bilganni pari bilmas” nomli yangi spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Teatrimizda sahnalashtirilgan ushbu spektakl nafaqat bolajonlarning balki ota-onalar, bobojon-u buvijonlarni ham befarq qoldirmadi. Ustoz san’atkorlar, teatr ixlosmandlari, Nuroniylar birlashmasi, BuxDU talabalari va “Abu-Hafs” xususiy maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari mehmon sifatida tashrif buyurib sahna asari haqida iliq fikrlar bildirishdi.
🔅Teatr yangiliklaridan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling



