✳️2023-yilning 15-may kunida Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrida yosh rejissor Ravshan Rasulov tomonidan sahnalashtirilgan “Javohir tabib” nomli spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga topshirildi.
✅Munojot Ergasheva muallifligi bilan yozilgan ushbu asarda buyuk ajdodlarimizdan biri bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning bolalik va tibbiyot ilmiga qo’shgan buyuk ishlarini yaqqol ko’rsatib beruvchi voqealar aks etgan. Taqdimotga tashrif buyurgan mutaxasis tomonidan sahna asarining ba’zi juz’iy kamchiliklariga o’zgartirish kiritish kerakligi taklif etildi va shu kamchiliklar bartaraf qilingandan so’ng tomoshabinlarga ko’rsatish uchun ruxsat berildi
Tez kunda namoyish etiladigan spektakl premyerasiga barchani chorlab qolamiz
🔅Teatr yangiliklaridan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling 👇






