YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

YANGI SPEKTAKL TAQDIMOTI

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil repertuar rejasining 3-choragidan o‘rin olgan, teatr sahna ustasi, rejissyor Munojot Ergasheva tomonidan sahnalashtirilgan “Qizil qalpoqcha” nomli yangi spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga namoyish etildi.

✅ Sharl Pero asari, Munojot Ergasheva inssenirovkasi (yangicha talqinda) va rejissyorligi asosidagi ushbu sahna asari kichik yoshdagi bolajonlar uchun har tomonlama tarbiyaviy va o‘yinqaroqlik ahamiyatga ega bo’ladigan voqealar aks etgani, shaxsan O‘zbekiston Тeatr arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos Toxir Do’stmuxamedov hamda O‘zbekiston davlat San’at va Madaniyat instituti qo‘g‘irchoq teatri san’ati kafedrasi dotsenti A’zamjon Abduhalilov tomonidan alohida e’tirof etildi va tomoshabinlarga ko’rsatish uchun ruxsat berildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Aloqa