Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrining 2024-yil repertuar rejasi 2-choragidan o’rin olgan, O‘zbek xalq ertagi asosida rejissor Munojot Ergasheva tomonidan sahnalashtirilgan “Bulbuligo‘yo” nomli spektakl O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan badiiy kengash a’zolariga topshirildi.
Taqdimotga tashrif buyurgan mutaxasislar tomonidan sahna asarining ba’zi juz’iy kamchiliklariga qo’shimchalar kiritish kerakligi taklif etildi va shu kamchiliklar bartaraf qilingandan so’ng tomoshabinlarga ko’rsatish uchun ruxsat berildi





