🎭 🎭🎭“XOTIRA AZIZ -QADR MUQADDAS” - Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyat qo`g`irchoq teatri

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri​

🎭 🎭🎭“XOTIRA AZIZ -QADR MUQADDAS”

✳️Buxoro viloyat qo’g’irchoq teatrida 8-may soat 9:00da “Xotira aziz-qadr muqaddas” nomli teatrlashtirilgan badiiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Buxoro shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at va maqom maktabi o’qituvchi va o’quvchilari, Buxoro madaniyat taʼlim boshqarmasi vakili Muhammad Rahmetov, Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi kinomotografiya agentligi Buxoro hududiy boʻlim boshligʻi Ali Choriyev, Buxoro viloyat musiqali drama teatri direktori Gulnora Husenova va ijodkorlari, Rejissyor, Buxoro faxriysi, Modalar teatr rahbari Irina Viktoriyevna tashrif buyurib tadbirdan o’zgacha taassurot olishdi.

✅Qolaversa, teatrda bir necha yillar davomida ishlab hozirda nafaqada bo’lgan mehnat faxriylarining tashrifi teatr jamoasini xursand qildi. Teatr ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar hamda teatr ma’muriyati tomonidan tashkillashtirilgan sovg’alarni shaxsan teatr direktori Yo’ldosh Genjayev teatr faxriylariga taqdim etdi.

Aloqa